Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aleksey Navalniy axloq tuzatish koloniyasida vafot etdi

Aleksey Navalniy axloq tuzatish koloniyasida vafot etdi

Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniy axloq tuzatish koloniyasida vafot etdi, deb xabar bermoqda Yamalo-Nenets avtonom okrugi federal jazoni ijro etish xizmati.

Navalniy sayr vaqtida o‘zini yomon his qildi va hushini yo‘qotdi, deyiladi xabarda.

Tez tibbiy yordam shifokorlari mahkumning o‘limini tasdiqlashgan.

Uning o‘limi haqidagi ma’lumot rasman tasdiqlangani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan siyosatchi ikki oycha avval Vladimir viloyatidagi koloniyadan Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘idagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasiga ko‘chirilgan edi.

Bungacha u Rossiyaning Vladimir viloyatidagi qattiq tartibli koloniyada 22-marotaba jazo izolyatoriga joylashtirilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring