Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov rafiqasi bilan ajrashyapti

Alisher Usmonov rafiqasi bilan ajrashyapti

Rossiyalik o‘zbek milliarder Alisher Usmonov va badiiy gimnastika bo‘yicha afsonaviy murabbiy Irina Viner-Usmonova 30 yillik nikohdan so‘ng ajrashishga qaror qilishgan.

Aytilishicha, 68 yoshli Usmonov va 73 yoshli Viner birgalikda ariza topshirgan idorada faqat nikoh ajrimlari ko‘rib chiqiladi. Bugun bo‘lib o‘tgan er-xotin suhbatida so‘nggi qarorga kelish uchun Vinerga 2 hafta muhlat berilgan.

Bu juftlik deyarli yarim asr birga bo‘lgan, shundan 30 yilini nikoh bilan bog‘lagan. Ularning sevgi tarixi ekranlashtirishga loyiqligi aytiladi. Ular 1992 yilda turmush qurishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring