Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun metroning «Amir Temur xiyoboni» bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborildi. Nega?

Bugun metroning «Amir Temur xiyoboni» bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborildi. Nega?

Foto:«Xabar.uz»

Tarmoqda Toshkent metrosida poyezdlar bir tomonlama harakatlangani bo‘yicha xabar tarqaldi. «Amir Temur xiyoboni» barcha yo‘lovchilar poyezdlardan tushirilgan. 

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida texnik-profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 10:30 dan 11:00 gacha poyezdlar aylanmasi «Amir Temur xiyoboni» bekatiga amalga oshirildi, deyiladi rasmiy xabarda.

Poyezdlar Sergeli yo‘nalishining «5-bekat»dan «Amir Temur xiyoboni» bekatigacha grafik asosida harakatlanib, «Amir Temur xiyoboni» bekatidan «Buyuk Ipak yo‘li» bekatigacha poyezdlarning bir tomonlama harakatlandi.

Hozirda poyezdlar o‘rnatilgan tartibda va xarakat jadvaliga asosan xarakatlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring