Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amir Temur xiyoboni atrofida transportlar harakati o‘zgaradi

Amir Temur xiyoboni atrofida transportlar harakati o‘zgaradi

Foto: Xabar.uz

Amir Temur xiyoboni atrofida transport harakati sxemasi o‘zgartiriladi. 

«Brodvey»dan Xiyobonga o‘tishdagi temir panjaralar olib tashlanadi va piyodalar uchun o‘rniga aqlli svetofor o‘rnatiladi.

Maxtumquli va Amir Temur ko‘chalari kesishmalarida piyodalar uchun xavfsizlik orolchalari tashkil etiladi va tartibga solish svetoforlari joriy qilinadi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.

Temuriylar muzeyi va «O‘zbekiston» mehmonxonasi yonida turistik avtobuslar uchun maxsus to‘xtash joylari tashkil etiladi.

Yangi sxema orqali aylanma yo‘lning o‘tkazuvchanligi soatiga 6 000 ta avtomobilgacha oshadi (hozir 5 600 ta).

«Amir Temur xiyoboni atrofidagi transport sxemasini takomillashtirish loyihasi nafaqat avtomobillar harakatini yaxshilash, balki shahar muhitini xavfsizroq va qulayroq qilishga qaratilgan.

​Ushbu yondashuvning asosida — «Shahar piyodalar uchun» tamoyili yotadi: qulay o‘tish yo‘llari, nizoli nuqtalarni kamaytirish, tushunarli harakat tashkiloti hamda poytaxt aholisi va mehmonlari xavfsizligiga ustuvorlik berish», deya ta’kidlanadi poytaxt hokimligi xabarida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring