Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Amirsoy»da qor ko‘chkisi yuz berdi (foto)

«Amirsoy»da qor ko‘chkisi yuz berdi (foto)

Foto: Albert Popov.

Chimyon qor ko‘chki stansiyasi kuzatuvchisi A.Popovning ma’lumot berishicha, 19-yanvar kechga tomon Chimyon tog‘lari «Amirsoy» soy havzasi dam olish maskanlari kanatlar oldiga katta masshtabda qor ko‘chkisi yuz berdi.

Qor ko‘chkidan hech kim zararlanmagan, qor ko‘chki stansiyasining oldinroq, kuchli qor bo‘ron kuzatilishi to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi xati asosida, dam olish sihatgohi aholini vaqtincha qabul qilmagan.

Favqulodda vaziyatlar xodimlari qor ko‘chki atrofini zudlik bilan ogohlantiruvchi to‘siqlar bilan o‘rab olgan.

Foto: Albert Popov.

Mutaxasisning ta’kidlashicha, «Amirsoy» dam olish maskaniga yaqin hududlarda 16 yanvarda ikkita katta hajmda qor ko‘chkilar kuzatilgan. Qor ko‘chkilaridan talofatlar bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval «O‘zgidromet» ob-havo masalasida shoshilinch axborot e’lon qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring