Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda fuqarolarni «shilayotgan» soxta gaz xodimlari ushlandi

Andijonda fuqarolarni «shilayotgan» soxta gaz xodimlari ushlandi

Foto: «Sputnik»

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot guruhining xabariga ko‘ra, viloyat ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan shu yilning 26-fevral kuni olingan ma’lumot yuzasidan tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, tadbir vaqtida o‘zini Aziz deb tanishtirgan shaxs tabiiy gaz tarmog‘i uchun shaxsiy hisob raqami va yong‘in xavfsizligi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga fuqaro M.A.dan 700 ming so‘m pullarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Tekshiruv davomida o‘zini Aziz deb tanishtirgan shaxs Oltinko‘l tumanida yashovchi, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan sudlangan U.A. ekani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, 23-fevral kuni U.A. va Andijon shahar gaz ta’minoti korxonasida mijozlar bo‘limida nazoratchi lavozimida ishlagan S.O. fuqaro A.R.ning yashash xonadonidagi tabiiy gaz uchun qarzdorlik bor deb bahona qilishib, dalolatnoma tuzish bilan qo‘rqitib, A.R.dan 350 ming so‘m pulini olib ketganliklari aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring