Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana Andijon! IIB xodimlari fuqaroni kishan taqib qiynoqqa solgani aytilmoqda

Yana Andijon! IIB xodimlari fuqaroni kishan taqib qiynoqqa solgani aytilmoqda

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon shahar filialiga 2021-yil, 13-iyul kuni ertalab soat 06:00 da Andijon shahrida yashovchi I.Shaxabov jiddiy tan jarohatlari olgan holda kelib tushgan, deb yozmoqda deputat Jahongir Jiyanov.

Ma’lum bo‘lishicha, Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati xodimlari fuqaro I.Shaxabovni Andijon viloyati IIBga 102ga qilgan murojaati yuzasidan Andijon shahar Ahmadbek hoji ko‘chasida joylashgan «Xaticha» kafesi oldiga chaqirib, uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xafli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib noqonuniy kishan taqib qiynoqqa solinganligi oqibatida fuqoroning huquqlari va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetgazgan. Eng yomoni, jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilishi vaqtida uning chap qo‘li singanligi aniqlangan.

«Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati xodimlari tomonidan sodir etilgan fojiaviy holatlar tizim raxbarlarini uyg‘otishi, aniq xulosalar qilishga chorlashi kerak.

Ming afsus bilan aytish kerakki, ba’zi bir qo‘shtirnoq ichidagi xodimlarning layoqatsizligi va bilimsizligi Prezident islohotlarini obro‘sizlantirmoqda. Hozirgi vaqtda fuqaro I.Shaxabovga har-xil tazyiqlar va arizasini qaytarib olishligi uchun turli xil takliflar bo‘lmoqda ekan! Bu holni qanday ta’riflashimiz mumkin?

Ushbu holatni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazoratga olib, fuqaro I.Shaxabovning xafsizligini taminlashini hamda Andijon shahar prokuraturasi mahkamasi kuchi bilan huquqiy baho berib, ayibdorlarni jazolash uchun adolatli sudga olib chiqadi, degan umiddamiz!», deb yozadi deputat.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB xodimlari tomonidan A.Abdukarimovga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilishi natijasida gumondor fuqaro komaga tushib, oxir-oqibat vafot etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring