Angrenda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan guruhga hukm o‘qildi
Angren shahrida voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan bir guruh shaxslarga hukm e’lon qilindi.Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan yili yozda ushbu ish keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudida S. Q. (2006 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan), Z. U. (2004 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan), D. O‘. (2004 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) va A. U. (2003 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq S. Q., Z. U., D. O‘. va A. U. voyaga yetmagan S. Ya. (qiz bola, 2010 yilda tug‘ilgan)ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi, 119-moddasi 3-qismi “a” bandi, 28,118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,119-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topildi.
- S. Q. (jinoyat sodir etilgan vaqtda voyaga yetmagan)ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish)ga asosan 10 yil,
- Z. U.ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi, 119-moddasi 3-qismi “a” bandi, 28,118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 12 yil,
- D. O‘.ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 10 yil 6 oy,
- A. U. (II-guruh nogironi)ga 118-moddasi 3-qismi “a” bandi va 119-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyasiya/kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter