Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Apple» «iCloud» shifrlash kalitlarining bir qismini Xitoyga topshiradi

«Apple» «iCloud» shifrlash kalitlarining bir qismini Xitoyga topshiradi

Foto: «NV.ua»

Amerikaning «Apple» kompaniyasi «iCloud» bulutli tizimining xitoylik akkauntlari shifrlash kalitlarini Xitoy serverlarida saqlashni rejalashtirmoqda. Yangilik «Apple» qaydnomalarini yaratishda o‘zining asosiy mamlakati sifatida Xitoyni tanlagan mahalliy aholiga tegishlidir, deb xabar berdi «NV.ua».

«Apple» Guychjou provinsiyasida joylashgan «Cloud Big Data Industry» kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Aynan ushbu kompaniya Xitoy segmentidagi «iCloud» ma’lumotlarini o‘z serverlarida saqlaydi. Ushbu yangilik Gonkong va Makao aholisiga tegishli emas.

Ta’kidlanishicha, mazkur qadam Pekinga mamlakat hududida yashaydigan o‘z fuqarolarini ko‘proq nazorat qilish imkoniyatini beradi. Bunga qadar foydalanuvchilarning shifrlar kalitlari AQShda saqlanar edi. Boshqa mamlakat hukumati undan foydalanish uchun AQSh sudi bilan hisoblashishiga to‘g‘ri kelardi. Shunga qaramay Xitoy hukumati 2017-yilda «Apple»ga 1200 dan ortiq shu turdagi so‘rovlarni yuborgan.

«Apple» Xitoyning faqatgina yuridik kuchga ega so‘rovlariga javob qaytarishini ma’lum qildi, biroq Xitoydagi ichki yuridik jarayon AQShdagidan keskin farq qiladi, bu kabi so‘rovlarni yuborish uchun ularga sud qarori kerak ham emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring