Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Davlat kotibi jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi

AQSh Davlat kotibi jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyadagi barcha Amerika fuqarolari zudlik bilan mamlakatni tark etishi kerakligini aytdi. Bu haqda davlat kotibining rasmiy bayonotida aytiladi. 

Amerikalik diplomat The Wall Street Journal jurnalisti Evan Gershkovichning hibsga olinishi fonida bayonot bera turib, shunday chaqiriq bilan chiqqan.

Blinkenga ko‘ra, Davlat departamentining ustuvor vazifasi xorijdagi AQSh fuqarolarining xavfsizligidir.

«Biz Rossiya Federatsiyasi hududida AQSh fuqarolariga tahdid solayotgan xavf haqida qattiq ogohlantiramiz», deydi Davlat kotibi.

Blinken, shuningdek, uning idorasi muxbirning hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha WSJ vakillari bilan aloqada ekanligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida «The Wall Street Journal»ning Moskvadagi byurosining 32 yoshli xodimi Evan Gershkovich FXX tomonidan hibsga olingandi. U josuslikda ayblanmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring