Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh va KXDR rahbarlarining qiyofadoshlari Olimpiadada uchrashishdi (video)

AQSh va KXDR rahbarlarining qiyofadoshlari Olimpiadada uchrashishdi (video)

Foto: «Euronews»

AQSh prezidenti Donald Tramp hamda KXDR yetakchisi Kim Chen Inni Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida barpo etilgan «Olimpiada shaharchasi»da ko‘rish mumkin. Albatta, o‘zlarinimas, ularga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan qiyofadoshlarini! Bu haqda «Sputnik» xabar bermoqda.

Ular ilk marta Pxyonchxandagi qishki Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida ko‘rinish bergandi. O‘sha paytda ularni stadiondan politsiya olib chiqib ketgan. Shundan so‘ng qiyofadoshlarni yana bir necha bor odamlar gavjum joylarda ko‘rishgan.

Siyosat olamida qarama-qarshiliklari bilan tanilgan bu juftlikni birga ko‘rish jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Taniqli «siyosatchilar» ham odamlar bilan hazillashmoqda, turli g‘aroyib harakatlari bilan olomonni kuldirmoqda. Ayniqsa, ularning zo‘rma-zo‘raki janjali siyosat maydonidagi dahanaki bahslarni eslatib yubormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring