AQShning Eronga ehtimoliy zarbasi muddati ma’lum qilindi
AQSh ushbu haftaning dam olish kunlarida Eronga zarba berish imkoniyatini o‘rganmoqda, deb xabar bermoqda CBS News.
Manbaalarga tayanilgan holda tarqatilgan xabarda aytilishicha, AQSh ma’muriyati hozircha yakuniy qarorni qabul qilmagan.
Milliy xavfsizlik apparati xodimlari AQSh prezidenti Donald Trampga “harbiylar Eronga ehtimoliy zarbalarni shanba kuniyoq amalga oshirishga tayyor, biroq amaliy harakatlar muddati o‘zgarishi mumkin”, deb hisobot bergan.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda Oq uyda mojaro keskinlashuvi xavfi, shuningdek ehtimoliy hujumdan voz kechishning “siyosiy va harbiy oqibatlari” baholanmoqda.
Bundan avval TWZ nashri AQSh Harbiy-havo kuchlarining Erondagi ehtimoliy operatsiyasi bir necha kun emas, balki haftalar davom etishi mumkinligini yozgan edi. Bunga Vashington tomonidan Yaqin Sharqqa yuborilayotgan harbiy texnika hajmi ishora qilayotgani qayd etilgan.
Shuningdek, AQSh Eronga qarshi bir necha hafta davom etishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli harbiy operatsiya tayyorlayotgani, bu esa to‘laqonli urushga aylanishi ehtimoli borligi ma’lum qilingan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter