Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning Eronga qarshi urushi xarajatlari 27 mlrd dollardan oshdi

AQShning Eronga qarshi urushi xarajatlari 27 mlrd dollardan oshdi

AQShning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi xarajatlari bir oy ichida 27 milliard dollardan oshib ketdi va xarajatlar har kuni ortib bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hisob-kitoblar Iran War Cost Tracker platformasi orqali yuritilmoqda. U Pentagon ma’lumotlariga asoslanib, urush xarajatlarini real vaqtda hisoblaydi.

Pentagon hisobotiga ko‘ra, urushning ilk 6 kuni 11,3 mlrd dollarga tushgan bo‘lsa, keyingi har bir kun taxminan 1 mlrd dollar xarajat talab qilmoqda.

Newsweek nashrining yozishicha, AQSh Eronga qarshi operatsiya boshlanishidayoq 2003-yildagi Iroq urushi boshlanishi xarajatlaridan ko‘proq mablag‘ sarflagan.

Shuningdek, Pentagon ushbu kampaniyani davom ettirish uchun 200 milliard dollar talab qilgan. Bu esa 2003-yilda Jorj Bush ma’muriyati so‘ragan mablag‘dan 67 mlrd dollarga ko‘proq.

The Economist ma’lumotiga ko‘ra, AQShga sarflangan o‘q-dorilarni qayta to‘ldirish uchun kamida bir yil vaqt kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, Oq uy hozircha bu xarajatlar uchun Kongress bilan budjetni kelishib olmagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi 28 fevraldan buyon davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring