Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arisdagi portlashlardan jabr ko‘rganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Arisdagi portlashlardan jabr ko‘rganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Foto: Telekanal 24

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 24-iyun kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahri harbiy qismi hududidagi portlashlar natijasida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas. Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan ushbu xabar Turkiston viloyati bo‘yicha favqulodda vaziyatlar departamenti tomonidan tasdiqlangan.

Ayni vaqtda vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasiga (tel.: +7-717-295-42-52) yoki Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Qozog‘istonning Aris shaharchasidagi harbiy qismda joylashgan o‘q-dori omborxonasida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Atrofga yog‘ilayotgan o‘q va oskolkalardan sarosimaga tushgan aholi yaqinroq hududlardagi shaharlarga qochishdi. Chimkent aholisi shaharlararo yo‘lga chiqib, qochqinlarga suv yetkazib berib turdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring