Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armanistonda 8-may kuni yana saylov o‘tkaziladi

Armanistonda 8-may kuni yana saylov o‘tkaziladi

Foto:«NovostiNK.ru»

Armaniston parlamenti o‘tgan kungi yig‘ilishda muxolif partiya boshlig‘i Nikol Pashinyan yetarlicha ovoz to‘play olmaganligi sababli bosh vazir saylovini haqiqiy deb topmadi. Shu bois 8-may kuni qayta saylov o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

O‘tgan saylovda yagona nomzod muxolif partiya rahbari Pashinyan bo‘lgan. Hukmron Respublikachilar partiyasi esa noroziliklar sababli bosh vazirlikdan iste’foga chiqqan Serj Sargsyanning o‘rniga Pashinyanning saylanishiga qarshi chiqdi.

Pashinyanning saylanmasligi poytaxt Yerevanda noroziliklarga sabab bo‘ldi. Pashinyan boshliq muxolifatchilar kecha mahalliy vaqt bilan soat 08:10 dan e’tiboran ko‘chalarni yopib qo‘ygan. Kechga yaqin hukumat Pashinyanning bosh vazirlikkka nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Sarkisyan 10 yil prezident bo‘lib, o‘tgan oy bosh vazirlikka saylangan edi. Lekin u 11 kunlik norozilik namoyishlaridan so‘ng iste’foga chiqdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring