Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

Artel Brandshop - mijozlarga yaqinroq

Artel Brandshop - mijozlarga yaqinroq

Maişiy texnika xarid qilişda mahsulotning sifati va narxidan taşqari, uni qayerdan oliş, qanday kafolat berilişi, mijozlarga ğamxörlik hamda xariddan keyingi xizmat körsatiş darajasi ham muhim ahamiyatga ega. Artel kompaniyasi aynan şu jihatlarni inobatga olgan holda özining rasmiy savdo tarmoğini izçil kengaytirib bormoqda. Bugungi kunda respublika böylab 150 ga yaqin şourumlar faoliyat yuritmoqda.

Brandshop’ning asosiy öziga xosligi şundaki, mijozlar nafaqat sifatli texnika, balki töliq xizmatlar majmuasini ham qölga kiritadilar. Tajribali mutaxassislar har bir modelning imkoniyatlari, texnik xususiyatlari va afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berib, eng maqbul tanlovni amalga oşirişga yordam berişadi. Barça mahsulot turlariga rasmiy kafolat taqdim etiladi, yetkazib beriş, örnatiş va servis xizmatini körsatiş esa texnikadan foydalaniş jarayonini maksimal darajada qulay qiladi.

Dökonlarda Artel bilan bir qatorda Shivaki, Avalon, Samsung va Vesta brendlarining mahsulotlari ham mavjud. Şunday qilib, xaridorlar turli brendlar va mahsulotlarni bir joyda soliştirib, özlariga maʼqul variantni tanlaşlari mumkin. Qolaversa, xaridorlar uçun yanada qulaylik yaratiş maqsadida dökonlardagi barça turdagi mahsulotlarni 12 oyga bölib tölaş şarti bilan xarid qiliş imkoniyati ham yölga qöyilgan. Bu esa oilaviy budjetga ortiqça yuklama tuşirmasdan, uyni zamonaviy texnika bilan jihozlaş imkonini beradi.

Savdo tarmoği rivoji — faqat yangi dökonlar oçiş emas

Artel uçun savdo xizmatlarini rivojlantiriş yangi savdo nuqtalarini taşkil etiş bilangina çeklanmaydi. Bu jarayonda xaridor bilan bevosita işlaydigan xodimlar va hamkorlarning bilim hamda könikmalarini oşirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, ötgan yilda respublikaning turli hududlaridan kelgan dilerlar va mintaqaviy menejerlar uçun maxsus savdo treninglari taşkil etildi. Xorazm, Buxoro, Navoiy, Nukus, Toşkent şahri va viloyati, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farğona, Surxondaryo, Qaşqadaryo, Samarqand, Jizzax hamda Qöqondan jami 200 nafar mutaxassis uşbu treninglarda iştirok etdi. Maşğulotlar davomida savdo samaradorligini oşiriş, mijozlar bilan samarali muloqot qiliş va yangi savdo strategiyalarini amaliyotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, iştirokçilarga savdo strategiyasi va yangilangan savdo konsepsiyasi taqdim etildi.

Toşkentda 11 ta savdo nuqtasi

Poytaxtimiz böylab 11 ta Artel Brandshop dökoni faoliyat yuritmoqda:

• Artel Yunusobod — Yunusobod tumani, Kulolqörğon köçasi, 2-tor köça, 47-uy.
• Artel Çimgan — Mirzo Uluğbek tumani, Temur Malik köçasi, 3A-uy.
• Artel Park in Mall — Şayxontohur tumani, Zargar köçasi, 3-uy.
• Artel Aşxabot — Yaşnobod tumani, Maxtumquli köçasi, 2/1B.
• Artel Qibray — Qibray tumani, Alişer Navoiy köçasi, 92-uy.
• Artel Orzu — Şayxontohur tumani, Beruniy köçasi, 2A-uy.
• Artel Muqumiy — Çilonzor tumani, Muqimiy köçasi, 20A-uy.
• Artel Sergeli — Yangi Sergeli köçasi, 6A-uy.
• Artel Index — Yangihayot tumani, “Indeks” bozori hududi.
• Artel Olmazor — Olmazor tumani, Kiçik halqa avtomobil yöli köçasi, 17-uy.
• Mega showroom — Yaşnobod tumani, Maxtumquli köçasi, 2/1B.

Şuningdek, Artel Brandshop mijozlari uçun sodiqlik dasturlari, maxsus çegirmalar, keşbek va bonusli takliflar amal qiladi. Barça savollar yuzasidan 24/7 rejimida işlaydigan (+998 78 147 40 40) tun-u kun faoliyat yurituvçi koll-markazga murojaat qiliş mumkin.

Artel Brandshop tarmoğining kengayişi kompaniyaning savdo geografiyasini rivojlantiriş bilan birga, mijozlar bilan bevosita aloqani mustahkamlaşga ham xizmat qilmoqda. Zero, yaxşi mahsulot bilan bir qatorda, uni xarid qiliş va undan foydalaniş jarayonidagi qulaylik ham mijoz tajribasining muhim qismidir.

Manzil: Yaşnobod tumani, Maxtumquli köçasi, 2/1

Telefon: +998 78 148-88-88

Veb-sayt: https://artelelectronics.com/

Facebook: https://www.facebook.com/artelmatbuotxizmati/

Instagram: http://instagram.com/artel_matbuot_xizmati

Telegram: https://t.me/Artelmatbuotxizmati

LinkedIn: http://linkedin.com/company/artelelectronics

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring