Avstraliya ham Falastinni rasman tan olmoqchi

Avstraliya Falastinni rasman tan olmoqchi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Entoni Albaneze ma’lum qildi.
Albanezening ta’kidlashicha, uning hukumati sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida Falastinni tan olishda Fransiya, Buyuk Britaniya va Kanadaga qo‘shiladi.
«Isroil va Falastin davlatchiligi barqaror bo‘lmaguncha, tinchlik faqat vaqtinchalik bo‘lishi mumkin», – degan u.
Albanezening qo‘shimcha qilishicha, Falastin milliy ma’muriyati vakillari uni «HAMAS terrorchilari bo‘lajak Falastin davlatida hech qanday rolga ega bo‘lmaydi», deb ishontirishgan.
Avstraliya bosh vaziri bu qarorni Falastinning tashqi siyosatini o‘zgartiradigan tarixiy qadam deb atadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter