Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobilda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan bemorlar ro‘yxati tasdiqlanyapti

Avtomobilda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan bemorlar ro‘yxati tasdiqlanyapti

2022-yil 12-apreldagi VMQ-172-son qaror 9-bandi ikkinchi xatboshisida xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berilgan shaxslar ro‘yxati keltirilgan. Ushbu bandda, shuningdek, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berilishi qayd etilgan.

Biroq shu kunga qadar SSV tomonidan bu borada tasdiqlangan ro‘yxat mavjud emas. Bu esa xavsizlik kamarini taqqanda ruhiy va jismoniy holatiga salbiy ta’sir qiladigan bemorlar (masalan, ko‘krak qafasi yoki yelka sohasida og‘riq, jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlar, nafas olishda muammolar bilan og‘riganlar) uchun qiyinchiliklarni tug‘dirib kelmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qonunchilikdagi mazkur bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan 20 turdagi kasallik va tibbiy holatlar ro‘yxatini tasdiqlashga doir hujjat loyihasini e’lon qildi. 
       

Qayd etilishicha, mazkur hujjat jismoniy yoki tibbiy holati tufayli xavfsizlik kamarini taqish imkoniga ega bo‘lmagan shaxslar uchun huquqiy va tibbiy asosdagi istisno tartibini belgilash hamda bunday holatlarni suiiste’mol qilishning oldini olishdan iborat.

Shuningdek, hujjat loyihasidan ko‘zlangan maqsad:

  • Tibbiy asoslarni aniqlash – qaysi kasalliklar va holatlarda xavfsizlik kamari organizmga zarar yetkazishi yoki holatni og‘irlashtirishi mumkinligini ilmiy jihatdan belgilash;
  • Mutaxassis xulosasi tartibini joriy etish – bunday holatda faqat vakolatli shifokor (terapevt, ortoped, nevropatolog va h.k.) tomonidan berilgan tibbiy xulosa asosida istisno berish;
  • Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash – fuqarolarning salomatligi bilan bir qatorda umumiy xavfsizlik darajasini saqlab qolish;
  • Qonunchilikni muvofiqlashtirish – “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan uyg‘unlashtirish.

Tibbiy istisno faqat klinik asosda beriladi.

Har qanday shaxs shaxsiy xohishiga ko‘ra emas, balki shifokor tomonidan belgilangan tibbiy ko‘rsatma bo‘lsa, kamar taqmaslikka ruxsat oladi.

Ma’lumotnoma muddati cheklangan bo‘ladi.

Haqiqiy bo‘lmagan ma’lumotnoma bergan shifokor yoki fuqaroga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring