Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona», «Liverpul» va Ispaniya termasining sobiq futbolchisi Toshkentga kelmoqda

«Barselona», «Liverpul» va Ispaniya termasining sobiq futbolchisi Toshkentga kelmoqda

O‘z vaqtida «Barselona», «Atletiko Madrid», «Liverpul» va Ispaniya terma jamoasida to‘p surgan Luis Garsiya o‘zbekistonlik yosh futbolchilar uchun master-klass o‘tkazadi. Bu haqda «Podrobno.uz» xabar berdi.

Bu voqea 28-oktyabr, mavsumning birinchi El-Klasikosi oldidan bo‘lib o‘tadi.

O‘zPFL va La liga o‘rtasidagi kelishuvga asosan «Barselona» va «Real» uchrashuvi tomoshasi Toshkentdagi «Milliy» stadionida tashkil qilinadi. Avvaliga o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng xonanda Shahzoda PFLning La ligadagi elchisi sifatida tanishtiriladi.

Shu oqshom futbol uchrashuvi ham rejalashtirilgan: estrada yulduzlari va faxriy futbolchilar o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng «Barselona» – «Real Madrid» uchrashuvi katta ekranda namoyish etiladi.

Aytish kerakki, La Liga bunday tadbirlarni har yili o‘tkazib keladi. O‘tgan yili xuddi shunday tadbir Nyu-Yorkda o‘tkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring