Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram kunlari Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi

Bayram kunlari Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi

Foto: «Toshshahartransxizmat» AJ

Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan 2018-yil 31-dekabr kuni Toshkent shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlari ish rejimiga o‘zgartirish kiritilib, ish tugash vaqti 1 soatga uzaytirildi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ xabar bermoqda.

Shuningdek, barcha avtobus yo‘nalishlaridagi avtobuslar yangi yil bayramiga mos ravishda bezatilmoqda.Haydovchilar esa bayram kunlari qorbobo kiyimida ishga chiqishadi.

Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munobati bilan Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanganligini sabab ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi:

  • Istiqlol va Zarafshon ko‘chalarining yopilishi munosabati bilan, 90A, 91A, 115A-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali, «Navoiy – A.Temur» ko‘chalari chorrahasigacha, A.Temur ko‘chasi (Oloy bozori tomonga) orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;
  • Istiqlol ko‘chasining yopilishi munosabati bilan, 53A-sonli yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali «Navoiy – A.Temur» ko‘chalari chorrahasigacha, chorrahadan burilib olib, Navoiy ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;
  • Shuningdek, 33A, 55A, 96A-sonli yo‘nalishlarda avtobuslar harakati A.Temur ko‘chasi orqali «Navoiy – A.Temur» ko‘chalari chorrahasigacha, Shaxrisabz ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishlari bo‘ylab harakatini davom ettiradi;
  • Sebzor ko‘chasining yopilishi munosabati bilan, 9A, 17A, 52A-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali «Navoiy – Abay» ko‘chalari chorrahasigacha, Abay ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishlari bo‘ylab harakatini davom ettiradi;
  • 150-sonli yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali «Navoiy – Abay» ko‘chalari chorrahasigacha, Abay ko‘chasi orqali «Abay – A.Qodiriy» ko‘chalari chorrahasigacha, A.Qodiriy, Sebzor ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;
  • So‘galli ota ko‘chasining (Algoritm korxonasi oldida) yopilishi munosabati bilan, 13A, 69A, 107-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So‘galli ota, Dilband ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;
  • 4A, 48A, 87A, 94A, 146A-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati So‘galli ota, Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So‘galli ota, Dilband ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring