Beelab va Lynx SFT (TM Talsec) mobil ilovalar xavfsizligi sohasida hamkorlikni e’lon qildi
Beelab, fintex kompaniyasi va Beepul to‘lov servisi ishlab chiqaruvchisi, hamda Chexiyaning Talsec brendi ostidagi mobil kiberxavfsizlik yechimlariga ixtisoslashgan Lynx SFT s.r.o IT kompaniyasi Beepul ekotizimiga mobil ilovalarni himoya qilish bo‘yicha ilg‘or yechimlarni integratsiya qilishni nazarda tutuvchi O‘zaro anglashuv memorandumini (MoU) imzoladi.
Hamkorlik doirasida Beelab moliyaviy xizmatlarni kibertahdidlar va firibgarlikdan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan Talsec mahsulotlari va yechimlarini integratsiya qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu yechim moliyaviy servislarni kiberxavflar va firibgarlikdan yanada samarali himoya qilishga qaratilgan. Tomonlar, shuningdek, mobil xavfsizlik sohasida ekspertiza almashishga kelishib oldilar. Bu Beelab’ning raqamli servislarini himoya qilish tizimini yanada mustahkamlash va ularning zamonaviy tahdidlarga bardoshliligini oshirish imkonini beradi.

«Foydalanuvchilar xavfsizligi — bizning strategik ustuvor yo‘nalishimiz. Beelab xavfsizlik standartlarini kuchaytirish bo‘yicha regulyator tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va foydalanuvchilarimiz ma’lumotlarini ishonchli himoya qilish uchun maksimal sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Lynx SFT va uning Talsec yechimini hamkor sifatida tanlash Beelab’ning mijozlarga mahalliy yechimlar bilan bir qatorda mobil moliyaviy xizmatlarni himoya qilish sohasida jahon darajasidagi yechimlarni taqdim etishga intilishini aks ettiradi. Ushbu texnologiyalarni joriy etish ishonchli va barqaror raqamli infratuzilmani rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi deb ishonamiz», — dedi «BEELAB» AJ direktori Anatoliy Pavlinov.

«O‘zbekiston fintex bozori jadal sur’atlarda rivojlanmoqda va kiberxavfsizlik masalalari mamlakat uchun strategik ahamiyat kasb etmoqda. Xavfsizlikni asosiy qadriyatlaridan biri deb biladigan Beelab bilan hamkorlik Talsec uchun tez o‘sayotgan bozorga eng yaxshi yechimlarni taqdim etish va mintaqada ishonchli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi», — dedi Lynx SFT s.r.o. direktori Sergey Yakimchuk.
Hamkorlik Beelab’ning raqamli moliyaviy yechimlari himoyasi darajasini yanada oshirish, foydalanuvchilar ishonchini mustahkamlash hamda naqd pulsiz to‘lovlar va pul o‘tkazmalari sohasida yanada barqaror va xavfsiz ekotizimni shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Beelab haqida
Beelab — 2018 yil 19 fevralda tashkil etilgan, Beeline Uzbekistan (VEON Ltd.) operatorining sho‘ba korxonasi bo‘lgan o‘zbek fintex kompaniyasi. Kompaniya Beepul xizmatini o‘z ichiga olgan raqamli moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi hamda banklar va moliyaviy tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi.
Beepul haqida
Beepul — O‘zbekiston Respublikasida 1000 dan ortiq xizmat va servislar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan universal yordamchi ilova. Kommunal to‘lovlar, mobil aloqa, internet, onlayn-servislar va boshqa imkoniyatlar — barchasi bitta ilovada va bir nechta bosish orqali amalga oshiriladi. Beepul O‘zbekistonning barcha mobil operatorlari mijozlari uchun kartalar o‘rtasida tezkor pul o‘tkazmalarini, to‘lovlarni boshqarishni va noyob sodiqlik dasturini taklif etadi: barcha operatsiyalar uchun BEEP-bonuslar hisoblanadi.
Avtoto‘lovlar, bonus dasturlari va Beeline Uzbekistan’ning eksklyuziv takliflaridan foydalaning. Beepul bilan qulay, tez va xavfsiz to‘lang. Beepul’ni App Store va Google Play’dan yuklab oling.
Talsec haqida
Talsec — mobil va veb-ilovalar hamda API’larni kompleks himoya qilishga ixtisoslashgan global miqyosdagi yetakchi kiberxavfsizlik yechimlari ishlab chiquvchisi. Kompaniya mahsulotlarining asosiy vazifasi zararli kod, reverse-engineering urinishlari, moliyaviy firibgarlik va buzilgan mobil qurilmalardan foydalanish bilan bog‘liq xavflarni bartaraf etishdan iborat. Talsec texnologiyalari bank va fintech mahsulotlarini real vaqt rejimida tahdidlardan himoya qiladi. Bugungi kunda kompaniya dunyoda eng keng qo‘llaniladigan RASP (Runtime Application Self-Protection) yechimlaridan biri bo‘lib, bizneslarga raqamli xavflarni minimallashtirishga yordam beradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter