Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarusda protokolni imzolashdan bosh tortgan saylov komissiyasi a’zosining jasadi chiqdi

Belarusda protokolni imzolashdan bosh tortgan saylov komissiyasi a’zosining jasadi chiqdi

Foto: «News-front.info»

Volkovisk shahridagi Bagration nomli harbiy-tarixiy muzey direktori Konstantin Shishmakovning o‘ligi chiqdi, deya xabar berdi «Angel» qidiruv-qutqaruv guruhi.

Konstantin 15-avgust kuni g‘oyib bo‘lgandi. U rafiqasiga qo‘ng‘iroq qilib, ishdan bo‘shaganini va uyga qaytayotganini ma’lum qilgan. Biroq shu-shu uyga yetib kelmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli Shishmakov saylov komissiyasi a’zosi bo‘lganligi uchun prezident saylovlarida protokolni imzolashdan bosh tortgan.

«Hammasi aynan 9-sanada boshlangandi. O‘shanda u saylov komissiyasida bo‘lgan. U bilan yana bir yigit bor edi. Ikkalasi ham yakuniy protokolni imzolashmagan. O‘g‘limning aytishicha, ularning o‘rniga boshqalar imzo qo‘yishgan», — deydi yigitning otasi.

Saylovdan keyingi noroziliklar

9-avgust kuni Belarusda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, unda amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan g‘alab qozondi, ikkinchi o‘rinni 10,12 foiz ovoz bilan Svetlana Tixanovskaya egalladi. Muxolifat bu natijalarni tan olmadi, Tixanovskayaning o‘zi esa Litvaga jo‘nab ketdi.

Ikki haftadan beri respublikada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda, biroq ular xavfsizlik kuchlari tomonidan ayovsiz bostirilmoqda. Dastlab norozi bo‘lganlarga qarshi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz, suv to‘pi, shovqinli granatalar, rezina o‘qlar qo‘llanildi.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishlarining dastlabki kunlari 6,7 ming kishi hibsga olingan, yuzlab insonlar jarohatlangan, ular orasida kamida 120 nafari xavfsizlik kuchlari xodimlari bor. Namoyishchilardan uch nafari halok bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring