Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident aytmaguncha birov e’tibor bermagan postlardan 54 tasi tugatildi

Prezident aytmaguncha birov e’tibor bermagan postlardan 54 tasi tugatildi

Foto: Ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida avtomobil yo‘llarida harakatlanish erkinligini cheklayotgan, savdo-iqtisodiy munosabatlarning hamda ichki va tashqi turizmning rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blokpostlarning faoliyatini tugatish hamda sonini qisqartirish ta’kidlangan edi.

Respublikaning ba’zi viloyatlari o‘rtasidagi postlarning joylashuvi nafaqat fuqarolarga, balki iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir qilayotgani aniq raqamlar bilan ko‘rsatib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasidan ma’lum qilinishicha, Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari mutaxassislaridan iborat guruhlar tomonidan muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari va blokpostlarning faoliyati o‘rganilib, shu kunga qadar avtomobil yo‘llarida joylashgan jami 54 ta bunday postlarning faoliyati tugatildi.

Shulardan, 21 tasini muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanlari, 14 tasini blokpostlar va 19 tasini to‘siq postlari tashkil etgan edi. Qolgan postlarning ham faoliyati tanqidiy qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring