Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Biz koronavirusga chalingan 12 mingga yaqin bemorni shu dori vositasi bilan tuzatdik» — Habibulla Oqilov

«Biz koronavirusga chalingan 12 mingga yaqin bemorni shu dori vositasi bilan tuzatdik» — Habibulla Oqilov

Habibulla Oqilov

AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi. Mutaxassis O‘zbekistonda 12 mingga yaqin koronavirusga chalingan bemorlar «Plakvenil» dorisi bilan davolanganini qayd etdi.

— Poliklinikadan berilgan dorilar orasida Vitamin S, «Azitromitsin» va xitoycha yozuvli qutida «Plakvenil» berishdi. «Plakvenil» dorisi atrofida shuncha gap-so‘zlar bo‘lyapti, nega poliklinikalar haligacha uni tavsiya qilishyapti va bemorlarga berishyapti?

— Dori vositasi borki, uning atrofida gap-so‘zlar bo‘laveradi. Lekin O‘zbekistonning o‘zining tajribasi bor. Biz  koronavirusga chalingan 12 mingga yaqin bemorlarni ayni shu dori vositasi yordamida tuzatib yubordik.

Biz tizimli ravishda chet ellik hamkasblarimiz bilan maslahatlashib, tajriba almashinib turibmiz. AQSh, Braziliya, Hindiston davlatlarida davolash protokollarida «Plakvenil» saqlanib turibdi. O‘tgan hafta bir guruh turkiyalik olimlar O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. So‘ralganda, ular ham Turkiyada ambulator sharoitida ham, statsionarda ham «Plakvenil» davolash standartlarida bor ekanini qayd etishdi.

Kuni kecha Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi va Sechenov nomli tibbiyot universiteteti professorlari bilan o‘tkazilgan videokonferensiyada ham muhokama qilingan savollarning bittasi aynan «Plakvenil» qo‘llanishiga bag‘ishlangan edi. Rossiyalik olimlar koronavirus kasalligining dastlabki kunlarida qisqa kurs bilan «Plakvenil» berish maqsadga muvofiq deb aytishdi, — deydi professor.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi vakili Klara Yodgorova Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti gidroksixloroxinning («Plakvenil») koronavirusni davolashdagi salbiy ta’sirini tasdiqlagach, bu dori O‘zbekistonda amal qilayotgan eng so‘nggi qo‘llanmadan ham chiqarib tashlanganini ma’lum qilgandi.

Hatto, Klara Yodgorova gidroksixloroxinning samarasiz ekani haqida TV-ko‘rsatuvda fikr bildirgani uchun tahdidga uchraganini bildirgandi.

«Tez yordam» ko‘rsatuvi boshlovchisi Komil Allamjonov jonli efirda huquqni muhofaza qiluvchi organlardan Klara Yodgorovani himoya qilishni so‘ragandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring