Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Blogerlar chempionatining boshlanish vaqti o‘zgardi

Blogerlar chempionatining boshlanish vaqti o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, ya’ni 2018-yilning 10-aprel kuni O‘zbekiston blogerlari chempionatiga start berilishi kerak edi. Biroq chempinat uchun texnik tayyorgarlik ishlari mo‘ljaldagidan ko‘proq vaqt talab qilgani bois ijodiy ishlar 12-aprel soat 10:00 dan boshlab qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

Hozirgacha chempionat ishtirokchilarining ishlarini baholab boruvchi hakamlar hay’ati tarkibi shakllantirildi, blogpostlarga qo‘yiladigan talablar, ularni baholashda e’tiborga olinadigan mezonlar ishlab chiqildi. Tez orada bular haqida ma’lumot beramiz.

Shuningdek, chempionatda qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilarga oson bo‘lishi uchun ijodiy ishlarni maxsus platformaga joylashtirish tartibi skrinshotlar orqali tushuntirilgan YO‘RIQNOMA ham ishlab chiqilmoqda.

Xullas, tayyorgarlik ishlari avjida. Boshlanish vaqti biroz cho‘zilayotganini aytmasa, hammasi rejadagidek ketayapti. Siz-chi, siz? Chempionatga hozirlik ko‘rayapsizmi?

Unutmang, mazkur Blogerlar chempionatida Siz yangi nom bo‘lishingiz mumkin yoxud avvalgi tanlovlardagi muvaffaqiyatsizliklarga bu safar chek qo‘yishingiz uchun hammasi o‘z qo‘lingizda. Buning uchun bor-yo‘g‘i 3 ta blogpost yozib (video, audio, fotoblog tayyorlab), hakamlarni lol qoldira olsangiz bas!

Biz tashkilotchi sifatida chempionat shaffof va adolatli o‘tishini, Sizlar esa o‘z ishtirokingiz bilan uning qiziqarli kechishini ta’minlasangiz bas!

Eslatib o‘tamiz, «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali hamda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan hamkorlikda tashkil etilayotgan Blogerlar chempionatining mukofot jamg‘armasi bugunga kelib 60 million so‘mdan oshib ketdi. Asosiy sovrin (1 ta birinchi, 2 ta ikkinchi, 3 ta uchinchi o‘rin)lardan tashqari, yigirmaga yaqin rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham joriy etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring