Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT omborxonalari kulga aylandi

BMT omborxonalari kulga aylandi

Foto: «Yevronyus»

Yamanda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi(World Food Programme)ga qarashli omborlar joylashgan binoda yong‘in chiqdi. Mamlakat g‘arbidagi Hudayba port-shahrida sodir bo‘lgan voqeada quruq oziq-ovqatlar hamda moy joylashgan omborlardan beshtasi kuyib kul bo‘ldi.

Yong‘inning sababi hanuz aniqlanmagan. Biroq voqea joyiga yetib borgan o‘t o‘chirishga mas’ul xodimlardan birining aytishicha, elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuvlar oqibatida yong‘in yuz bergan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi kaolitsion kuchlar qo‘llab-quvvatlayotgan Yaman hukumati bilan Erondan ko‘mak oluvchi husiylar orasida davom etayotgan to‘qnashuvlar maydoniga aylangan Yamanda aholining 80 foizi tashqi ko‘makka muhtoj. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Yamanga jo‘natilgan insonparvarlik yordami aholining ehtiyojini to‘liq qoplashga yetmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring