Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT rasmiysi dunyoni «misli ko‘rilmagan inqiroz»dan ogohlantirdi

BMT rasmiysi dunyoni «misli ko‘rilmagan inqiroz»dan ogohlantirdi

BMT Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bislining aytishicha, jahon hamjamiyati oziq-ovqat inqirozini yengib chiqmasa, dunyoni ommaviy ocharchilik, beqarorlik va ommaviy migratsiya kutmoqda.

Bu haqda u Xalqaro ishlar bo‘yicha kengash saytida tashkil etilgan muhokama doirasidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qilgan. 

Bisli aytganidek, dunyo allaqachon «misli ko‘rilmagan inqirozga» duch kelmoqda.

«Agar biz u bilan strategik va samarali kurashmasak, bizni ommaviy ocharchilik, o‘nlab mamlakatlarning beqarorligi va ommaviy migratsiya kutmoqda», dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yil hozirgisidan yomonroq bo‘lishi mumkin.

BMT rasmiysiga ko‘ra, Jahon hamjamiyati yaqin 6-12 oy ichida oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishi sababli qiyinchiliklarga duch keladi va agar muammo hal etilmasa, dunyoda oziq-ovqat taqchilligi boshlanadi. 

Avvalroq, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba don yetkazib bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring