Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT sobiq Bosh kotibi Peres de Kuelyar 100 yoshida vafot etdi

BMT sobiq Bosh kotibi Peres de Kuelyar 100 yoshida vafot etdi

Foto: «Rg.ru»

BMT sobiq Bosh kotibi Xaver Peres de Kuelyar (Peru, Lima. 19.01.1920 — 04.03.2020) 100 yoshida vafot etdi. «Euronews» xabariga ko‘ra, bu haqda siyosatchining o‘g‘li ma’lum qilgan.

Xaver Peres de Kuelyar — BMT tarixidagi beshinchi Bosh kotib edi.

Peres de Kuelyar 1940-yillardan boshlab diplomatik lavozimlarda ishlagan, 1982-yilda BMT Bosh kotibligiga saylanib, ikki muddat — to 1991-yilgacha faoliyat yuritgan.

1982-yili Folklend (Malvin) orollarini talashish tufayli yuzaga kelgan Britaniya-Argentina nizosini, 1980-yillarning oxirlarida esa Eron-Iroq nizosini hal etishda qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring