Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bodikamera». Xodim qayerda xizmat qilyapti, kim bezorilik qildi, hammasini ko‘rsatadi

«Bodikamera». Xodim qayerda xizmat qilyapti, kim bezorilik qildi, hammasini ko‘rsatadi

Foto: «Xabar.uz»

2019 yilning aprel oyida Surxondaryo viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bashqarmasi patrul-post xizmati bataloni saf bo‘linmalari xodimlari respublikamiz miqyosida birinchilardan bo‘lib 19 dona zamonaviy «bodikamera» bilan ta’minlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyat IIB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Avvalroq saytimizda «bodikameralar» bilan Surxondaryo viloyati YPX xodimlari ta’minlangani xabar qilingan edi. Ushbu «bodikameralar» Xitoy xalq respublikasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, Patrul-post xizmati xodimlari va fuqarolar o‘rtasida yuz beradigan turli ziddiyatli holatlarning oldini olish va ziddiyatli holatlar sodir bo‘lganida ushbu holatga oydinlik kiritilishiga xizmat qiladi.

Bundan tashqari ushbu kameralar xodimlarning xizmat kiyimiga qulay o‘rnatilishi bilan ajralib turadi.

Tahlillarga ko‘ra, ayrim fuqarolarning jamoat tartibiga rioya qilmasliklari, tunning qorong‘u vaqtlarida har xil pana joylarda shubhali shaxslarning paydo bo‘lishlari, shubhali shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi xujjatlari mavjud bo‘lmasligi, spirtli ichimliklar iste’mol qilgan fuqarolarning jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimaslik holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Bunday vaziyatlarda Patrul-post xizmati xodimi ushbu huquqbuzar fuqarolarga sodir etgan huquqbuzarligini tushuntirib berishi va eng yaqin masofada joylashgan Ichki ishlar organlariga olib borishi uchun ortiqcha vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi.

Zamonaviy «bodikamera» xodimlarga ana shu kabi vaziyatlarda juda qo‘l keladi. Maxsus buyurtma asosida xorijda ishlab chiqarilgan ushbu kameralar issiq yoki sovuq ob-havo sharoitida ham uzluksiz 12 soat ishlash quvvatiga ega.

Kamera 32 Gb. xotiraga ega bo‘lib xodimlarning xizmat faoliyatlari to‘liq videotasvirga olish xususiyatiga ega. Shuningdek ushbu kameralarga «GPS» navigator tizimi o‘rnatilgan bo‘lib patrul-post xizmati xodimining qayerda xizmat olib borayotgani haqida Navbatchilik qismida o‘rnatilgan maxsus tarmoq orqali axborot berib turiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring