Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokschilarimiz «Gubernator kubogi»da umumjamoa bo‘yicha birinchi o‘rinni egallashdi (foto)

Bokschilarimiz «Gubernator kubogi»da umumjamoa bo‘yicha birinchi o‘rinni egallashdi (foto)

Foto: «Olympic.uz»

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha «Gubernator kubogi» sovrini uchun musobaqa yakunlandi.

Xabar berganimizdek, hal qiluvchi kun bellashuvlarida 3 nafar bokschimiz Abdumalik Xalakov, Iqboljon Xoldorov va Kozimbek Mardonov oltin medal uchun bahs olib bordi. Quvonarlisi, ushbu vakillarimizning barchasi jangni g‘alaba bilan yakunlab, o‘z vazn toifalarida musobaqaning oltin medaliga ega bo‘lishdi. G‘olib va sovrindorlar yaqin o‘tmishning mashhur bokschisi Roy Jons tomonidan taqdirlandi.

-56 kg: Abdumalik Xalakov – Aleksey Moskvin (Rossiya) 4:1
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Fernando Luis (Braziliya) 5:0
-81 kg: Kozimbek Mardonov – Andrey Kosenkov (Rossiya) 3:2

Ta’kidlash joiz, 20 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medal bilan umumjamoa bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring