Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bor tovog‘im, kel tovog‘im: qurol nazorati yana ichki ishlarga qaytariladi

Bor tovog‘im, kel tovog‘im: qurol nazorati yana ichki ishlarga qaytariladi

Foto: Xabar.uz

Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazoratni amalga oshirish funksiyalari Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlariga o‘tkaziladi. Bu haqdagi qonun senatorlar tomonidan bugun tasdiqlangan.

2020 yil 30 yanvardan kuchga kirgan amaldagi «Qurol to‘g‘risida»gi qonunda mazkur vakolat ichki ishlar tizimidan Milliy gvardiyaga o‘tkazilgan edi. Demak, oradan 2 yil o‘tib, bu vakolat yana ichki ishlarga qaytariladi, qonunchilik o‘zgaradi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining fuqaroviy ov qurolini va uning o‘q-dorilarini olish huquqiga ega bo‘lish uchun yosh chegarasi yigirma besh yosh etib belgilanmoqda. Amaldagi qonunchilikda bu yigirma bir yosh.

Bundan tashqari, yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini hadya etish taqiqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring