Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura uch farzandi bilan 9-qavatdan sakragan ayol haqida ma’lumot berdi

Bosh prokuratura uch farzandi bilan 9-qavatdan sakragan ayol haqida ma’lumot berdi

Foto: «Uznews»

Avvalroq Sergeli tumanida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9 qavatdan tashlagani haqida xabar berilgan edi.

Bosh prokuratura axborot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 3 aprel kuni soat taxminan 19:20 da Sergeli tumanining 8-mavzesida sodir bo‘lgan.

27 yoshli A.D farzandlari, 2018 yilda tug‘ilgan S.Y., 2019 yilda tug‘ilgan S.A va 2022 yilda tug‘ilgan S.R.ni qasddan o‘ldirish maqsadida, ularni yotoqxona derazasi oldiga olib borgan. Avval 5 yoshli va 4 yoshli o‘g‘illarini 9-kavat derazasidan tashlab yuborib, so‘ng kichik farzandi S.R. bilan birga sakrab, o‘z joniga kasd qilgan.

Ayol va farzandlari olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring