Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vazifalari belgilandi

Bosh vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasi «birinchi rangdagi» mansabdor shaxslarining funksional vazifalari alohida nizomlar bilan tartibga solindi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyining oxirida Hukumatda tarkibiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, ular natijasida Bosh vazirning o‘rinbosarlari, shu jumladan birinchi o‘rinbosar, soni beshtagacha qisqartirilib, ikkita maslahatchi tayinlandi.

Keyinchalik bir oy davomida ularning funksional vazifalari belgilangan hamda Hukumat ayrim tarkibiy bo‘linmalarining faoliyatini tartibga soladigan yettita hujjat e’lon qilindi. Ular haqida batafsil – jadvalda:

 Funksional vazifalari tartibga solingan mansabdor shaxs

Faoliyati tartibga solingan tarkibiy bo‘linma

Tartibga soluvchi hujjat

Bosh vazirning o‘rinbosari – moliya vaziri

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 144-son qarori

Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 157-son qarori

Bosh vazirning yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 162-son qarori

Bosh vazirning o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash, FHDYo organlari bilan ishlash masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-fevraldagi 174-son qarori

Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-fevraldagi 177-son qarori

Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi 179-son qarori

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – transport vaziri

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-fevraldagi 180-son qarori

Lavozimlar yuzasidan hujjatlarda faoliyatning asosiy yo‘nalishlari, vazifalar va funksional majburiyatlar, huquqlar va javobgarlik, faoliyatni tashkil etish ochib berilgan. Kotibiyatlar yuzasidan – ularning vazifalari va funksiyalari, faoliyat yo‘nalishlari, huquqlar va javobgarlik, tuzilmalar va tashkiliy jihatlar ochib berilgan.

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va kuchga kirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring