Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazirga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bosh vazirga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: «Gazeta.uz»

Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari etib tayinlandi.

«Xalq so‘zi»ning xabar berishicha, bu haqda Shavkat Mirziyoyevning tegishli Farmoni imzolangan.

Ta’kidlash lozimki, Abduhakimov 2017-yilning avgust oyidan beri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bungacha esa sobiq Mehnat va aholini muhofaza qilish vazirligi (hozirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) vaziri; Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari Akmalov Qahramon Valiyevich o‘z lavozimidan ozod etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring