Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boshlang‘ich to‘lovi 10 foizlik avtokredit. «GM Uzbekistan» aksiya e’lon qildi

Boshlang‘ich to‘lovi 10 foizlik avtokredit. «GM Uzbekistan» aksiya e’lon qildi

Foto: «drive.ru»

«GM Uzbekistan» AJ dilerlik korxonalari bilan hamkorlikda O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maxsus aksiya e’lon qildi. Aksiya 2018-yilning 26-sentyabridan 10-noyabriga qadar davom etadi.

Ushbu aksiyaga ko‘ra, «Spark R2 Optimum A/T» avtomobilini xarid qilib, faol dilerlik markazlari hamkorligida tashkil etilgan 1 000 000 so‘m chegirma ko‘rinishidagi sovg‘aga ega bo‘lish mumkin.

Butun respublika bo‘ylab joriy qilingan aksiya bo‘yicha «Spark R2 Optimum A/T» avtomobiliga «GM Uzbekistan» kompaniyasining rasmiy hamkori «InfinBank» tomonidan imtiyozli kredit taqdim etiladi.

«Spark R2 Optimum A/T» avtomobili uchun imtiyozli avtokreditni quyidagi kredit shartlarida rasmiylashtirish mumkin:

  • 10 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 5 yilgacha muddatga yillik 22 foiz ustama;
  • 30 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 3 yilgacha muddatga yillik 20 foiz ustama;
  • 50 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 2 yilgacha muddatga yillik 19 foiz ustama;
  • 60 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilganda 15 oygacha muddatga yillik 18 foiz ustama.
Izohlar 4

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring