Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 27 yilga qamaldi

Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 27 yilga qamaldi

Bolsonaru bir oydan ko‘proq uy qamog‘ida bo‘lgan (3-sentyabrdagi surat). Advokatning aytishicha, u sog‘lig‘idagi muammo tufayli sudga borolmadi.

Foto: EPA

Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru 27 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Braziliya Oliy sudi sudlov hay’ati Bolsonaruni 2022-yilgi saylovdagi mag‘lubiyatdan so‘ng harbiy to‘ntarish uyushtirishda aybdor deb topdi.

Oliy sudning besh sudyasidan to‘rt nafari 70 yoshli Bolsonaruni aybdor deb topdi u 2022-yilgi saylovda hozirgi prezident Luis Inasio Lula da Silvaga yutqazib qo‘yganidan so‘ng o‘z hokimiyatini saqlab qolish uchun fitnaga rahbarlik qilgan.

Garchi fitna harbiylar tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmasa ham, 2023-yil 8-yanvar kuni Bolsonaru tarafdorlari hukumat binolariga bostirib kirishga muvaffaq bo‘lishgan buni sudyalar hisobga olishdi.

Sudyalardan biri Bolsonaruni oqladi, oxirgi sudya esa uzoq o‘ylab so‘ng qarorini e’lon qildi, ammo bungacha ko‘pchilik (uch nafar sudya) ovozi yig‘ib bo‘lingandi.

Sudya Karmen Lyusiyaning ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. U Bolsanaruni davlat to‘ntarishini uyushtirishga urinish, qurolli jinoiy tashkilotga rahbarlik qilish, demokratik tartibni zo‘ravonlik bilan bekor qilishga urinish va 2023-yil 8-yanvarda poytaxt Brazilia binolariga bostirib kirish paytida mulkka zarar yetkazish bilan bog‘liq yana ikkita ayblov barcha besh band bo‘yicha aybdor deb topdi.

Karmen Lyusiya.
Foto: Reuters 

Hozirda uy qamog‘ida saqlanayotgan Jair Bolsonaru ayblovlarni doim rad etib kelgan. Sobiq prezidentning himoyachilari apellyasiya berishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring