Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyada xunrezlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga tushdi

Britaniyada xunrezlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga tushdi

Foto: «AP Photo / Matt Dunham»

Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida pichoq bilan hujum qilganlikda gumonlanayotgan shaxs hibsga olindi, deyiladi Uest-Midlands politsiyasi bayonotida.

6-sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida bir necha kishi hujum natijasida pichoqdan jarohatlangani to‘g‘risida xabar bergandik.

«Biz Birmingemda pichoq bilan qilingan qator hujumlarda aloqadorlikda gumon qilinuvchi shaxsni qo‘lga oldik. Gumonlanuvchi shaxs mahalliy vaqt bilan taxminan soat 4:00 (8:00 t.v.)da hibsga olindi. Detektivlar aybdorni qo‘lga tushirish uchun tuni bilan ishlashdi», — deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxs 27 yoshlardagi yigit bo‘lib, hozirgi vaqtda hibsda saqlanmoqda.

Yakshanba kuni kechasi Birmingemda noma’lum kimsa pichoq bilan bir necha kishiga tashlangan. Mahalliy politsiya sal keyinroq hodisa natijasida bir kishi halok bo‘lgani va yetti kishi jarohatlanganini ma’lum qildi. Ikki kishi og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda.

Avval xabar qilinganidek, ushbu hujumning terrorizm bilan bog‘liqligi yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring