Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi

Bugun ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 1-6° iliq, shimolda 2-7° sovuq bo‘ladi.

Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring