Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun O‘zbekiston U-17 jamoasi Shotlandiyaga qarshi o‘ynaydi

Bugun O‘zbekiston U-17 jamoasi Shotlandiyaga qarshi o‘ynaydi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Bugun, 10-oktyabr kuni Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Shotlandiya U18 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, vakillarimiz oq, shotlandiyalik futbolchilar esa sariq rangli libosda harakat qilishadi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi ushbu o‘yin uchun tarkibni e’lon qildi.

Quyida 1-o‘yinda maydonga tushadigan asosiy tarkib o‘yinchilari bilan tanishishingiz mumkin:

Darvozabon:

Abduvohid Ne’matov (Nasaf)

Himoyachilar:

  1. Saidazamat Mirsaidov (Paxtakor)
  2. Odil Abdumajidov (Andijon)
  3. Sunnat Hamidjonov (Paxtakor)
  4. Eldor Begimov (AGMK)

Yarim himoyachilar:

  1. Ibrohim Ibrohimov (Buxoro)
  2. Begzod Shamsiyev (Paxtakor)
  3. Diyor Ramazonov (Paxtakor)
  4. Jasur Jaloliddinov (Bunyodkor)
  5. Hojimat Erkinov (Paxtakor)

 Hujumchi:

  1. Ulug‘bek Hoshimov (Paxtakor)

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi. Hamyurtlarimiz keyingi o‘yinni 13-oktyabr kuni Belgiyaga qarshi o‘tkazishsa, so‘nggi o‘yin 15-oktyabr kuni Fransiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro turnir Ispaniyada bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring