Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun yetti hududda yog‘ingarchilik hodisalari kuzatilishi mumkin

Bugun yetti hududda yog‘ingarchilik hodisalari kuzatilishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 27-29° gacha isiydi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘adi, do‘l yog‘ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring