Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bundan 8 yil oldin yopib qo‘yilgan O‘zbekiston-Tojikiston chegara-bojxona posti ochildi (video)

Bundan 8 yil oldin yopib qo‘yilgan O‘zbekiston-Tojikiston chegara-bojxona posti ochildi (video)

Foto: «Uzbekistan24.uz»

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi «Andarxon» xalqaro maqomga ega bo‘lgan chegara-bojxona posti ochildi.

Bundan sakkiz yil oldin yopilgan O‘zbekiston—Tojikiston chegarasida joylashgan «Andarxon» chegara-bojxona postining ochilishi aholi uchun katta qulayliklarni yaratmoqda. Bu yerda aholiga soddalashtirilgan tartibda chegaradan o‘tish tizimi joriy qilindi. O‘zaro borish-kelishdagi to‘siqlar, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berilayotgani, ayniqsa, asrlar davomida yelkadosh yashayotgan ikki xalq aholisini behad quvontirdi. Endilikda bu yerda telegramma va taklif xatisiz bemalol harakatlanish mumkin.

O‘zA xabariga ko‘ra, bu yerda bir kunda 650 nafar fuqaroning harakatlanganini o‘zi ham barcha uchun katta qulaylik bo‘lganidan dalolatdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring