Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda haydovchilik guvohnomasi uchun o‘qituvchi pora oldi

Buxoroda haydovchilik guvohnomasi uchun o‘qituvchi pora oldi

Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro J.A. ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Unda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Buxoro avtomobil maktabi o‘qituvchisi F.N. fuqaro J.A.ni aldab, uni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga kiritish va imtihondan o‘tkazib berish evaziga 500 ming olgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Buxoro avtomobil maktabi o‘qituvchisi F.N.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring