Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda Nexia-2 va avtobus to‘qnashuvi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

Buxoroda Nexia-2 va avtobus to‘qnashuvi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Buxoroda avtobus va Nexia-2 avtomashinasi ishtirokidagi YTH haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 29-noyabr kuni taxminan soat 07:00larda 22 yoshli X.S. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasida Buxoro viloyat Jondor tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent-Qoraqalpog‘iston A-380 yo‘lining 305-km.da harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida, ushbu yo‘nalishda kelayotgan Higer rusumli avtobusning old qismi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Oqibatda Nexia-2 avtomashinasining haydovchisi X.S. va yo‘lovchilar — 19 yoshli R.S., 49 yoshli M.M. hodisa joyida vafot etgan. Avtobus haydovchisi va yo‘lovchilari tan jarohati olishmagan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring