Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buyrak kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytiruvchi oddiy usul topildi

Buyrak kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytiruvchi oddiy usul topildi

O‘simliklar iste’moliga asoslangan parhez surunkali buyrak kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin.

Bu Buyuk Britaniya Biobank loyihasining qariyb 180 000 ishtirokchisining ma’lumotlari tahlil qilingandan so‘ng, Kanada Tibbiyot Assotsiatsiyasi jurnalida chop etilgan katta tadqiqot mualliflari shunday xulosaga kelishdi.

Tadqiqotchilar 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan odamlarning parhezini va ularning sog‘lig‘ini o‘rtacha 12 yillik kuzatuv asosida tahlil qilib borishdi. Bu vaqt ichida ishtirokchilarning 2,7 foizida surunkali buyrak kasalligi rivojlandi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘simlikka asoslangan parhezga - sabzavotlar, mevalar, dukkaklilar va yong‘oqlarga urg‘u beradigan va shakar va yog‘larni cheklaydigan parhezga ko‘proq rioya qilganlarda kasallik rivojlanish xavfi ancha past kuzatilgan.

Himoya ta’siri, ayniqsa, yashil maydonlar kam bo‘lgan hududlarda yashovchi odamlar orasida sezilarli darajada namoyon bo‘ldi. Mualliflarning fikriga ko‘ra, bu parhez noqulay atrof-muhit sharoitlari va irsiy omillarni qisman yaxshilashi mumkinligini ko‘rsatadi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, O‘rta yer dengizi yoki DASh kabi ko‘plab mashhur parhezlar buyraklar uchun foydali bo‘lgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring