Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sanjar Said

Hayotda mo‘jizalar sodir bo‘ladi

Chegara qonunlari qon bilan yozilgan(mi?)

Chegara qonunlari qon bilan yozilgan(mi?)

O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi. 2018 yil 30 mart.

Foto: Sanjar Said

Chegara qonunlari qon bilan yozilgan. Chegarachilar ham, chegaradosh hududlarda yashovchi aholi vakillari ham uning qoidalarini buzganlar qoni evaziga javob berishi mumkinligini juda yaxshi bilishadi. Shu jumladan, chegara orqali biror g‘arazli maqsadini amalga oshirishni mo‘ljallangan chegara buzg‘unchisi ham bosayotgan har bir qadami uni ajal tomon eltishini yaxshi anglab yetgan bo‘ladi...

7-aprel kuni ertalabki 7:30 lar atrofida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Mamay qishlog‘i yaqinida o‘zbek chegarachilari davlat chegarasini buzib o‘tgan Qirg‘iziston fuqarosiga qarata o‘q uzdi. Undan avval esa to‘xtash haqida buyruq berilgan, havoga qarata o‘q uzilgan.

Bu harakatlar hazil yoki ermak uchun qilinmaydi. Chegarachi ko‘ngilxushlik uchun o‘q uzib, ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy mojarolar sababchisi va ishtirokchisi bo‘lib qolishni aslo istamaydi. Biroq u zimmasiga yuklangan ulkan mas’uliyatli vazifa — o‘ziga biriktirilgan hududda biror insonning noqonuniy ravishda chegarani buzib o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligi shart!

Hatto u o‘z vazifasini bajarayotgan vaqtda Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni kelib ham postni tashlab ketish yoki boshqa topshiriqni bersa, buyruqqa itoat etmaydi. U xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda faqatgina ikki kishi — o‘ziga topshiriq bergan zobit yoki qism boshlig‘i buyrug‘ini bajarishi mumkin.

Chunki uning ortida Vatan, millionlab yurtdoshlari, shu jumladan oilasi, ota-onasi, farzandlari ko‘z tikib turibdi. U bir lahza bo‘lsa ham loqaydlikka berilsa, beparvo bo‘lsa, chegara orqali yovuz niyatli kimsalar, jinoyatchilar o‘tib ketishi, o‘zi va xalqining boshiga turli balolarni yog‘dirishi mumkin. Shu bois chegarachi har safar xizmat vazifasini bajarish uchun davlat chegaralariga yo‘l olar ekan, barcha o‘y-xayol, tashvishu quvonchlarini harbiy qismda qoldirib, har qanday vaziyatga tayyor holda, hatto jonini garovga qo‘yib chiqadi.

7-aprelda sodir bo‘lgan hodisa ikki davlat bosh vazirlari, Chegara qo‘shinlari va boshqa mutasaddi mahkamalar rahbarlari darajasida ijobiy hal etiladi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida o‘n yillar davom etgan sovuqchilikdan so‘ng endigina iliqlashayotgan munosabatlarga ushbu hodisa salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi va hodisa batafsil o‘rganilib, tegishli qaror va xulosalar chiqariladi, deb ishonaman.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring