Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chelsi» futbolchisi «Real Madrid»ga o‘tishi mumkin

«Chelsi» futbolchisi «Real Madrid»ga o‘tishi mumkin

Foto: «Talks»

Londonning «Chelsi» klubi yarimhimoyachisi N’Golo Kante qishki transferda Madridga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda «Mirror» yozmoqda.

Nashrga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining kelishini «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan istamoqda. N’Golo Kante klub rahbariyatiga ham ma’qul, ammo narxi emas. «Transfermarkt» portali Kanteni €100 mln.ga baholamoqda.

Kanteni qishda qo‘lga kiritishni ko‘zlab turganlar orasida «Yuventus» va «Bavariya» ham bor.

Ma’lumot uchun: N’Golo Kante joriy mavsumda «Chelsi» tarkibida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring