Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijga ishlash uchun ketganlar soni kamaygani aytilmoqda

Xorijga ishlash uchun ketganlar soni kamaygani aytilmoqda

Foto:«Uztaginfo»

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019-yil I yarimyilligi bo‘yicha, bandlik masalasini o‘rganish, shuningdek, ishga joylashishga muhtoj aholi sonini aniqlash natijalarini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, chet elga mehnat migratsiyasiga ketgan shaxslar soni 2018-yil mos davri bilan qiyoslaganda 1,9 foizga, 2 644,1 mingdan 2 594,1 mingga pasayganligini ko‘rsatgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida tuman va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga ishga joylashtirishda yordam so‘rab 404 569 nafar shaxs murojaat qilgan bo‘lib, ulardan 138 173 nafarini 16-30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tashkil etdi.

Murojaat qilganlardan 167 713 nafari ishga joylashtirildi, 139 679 nafari jamoat ishlariga jalb qilindi, 10 085 nafari kasbga qayta o‘qitishga yo‘naltirildi, 31 938 nafar shaxsga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring