Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chiroqchidagi gaz quyish shoxobchasida portlash bo‘ldi

Chiroqchidagi gaz quyish shoxobchasida portlash bo‘ldi

Foto: «Farg‘ona.Ru»

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida kecha, 4-mart kuni soat 19:15larda «Sho‘rquduq» MFY hududida joylashgan «Odil» MChJga qarashli avtomashinalarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida chaqnash sodir bo‘ldi.

Ushbu shoxobcha ishchilari H.P. va N.X. ish joyidagi kompressor xonasida kompressorni tozalayotgan vaqtlarida vinteldan sizib chiqib, xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

Natijada fuqarolar kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring