Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat chegarasidan  o‘tkazish punktlarida  nimalar taqiqlanadi?

Davlat chegarasidan  o‘tkazish punktlarida  nimalar taqiqlanadi?

O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasidagi «G‘ishtko‘prik» o‘tkazish punkti

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarida ayrim xatti-harakatlar cheklangan. Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida shu haqda ma’lumot berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, davlat chegarasidan  o‘tkazish punktlarida  quyidagilar taqiqlanadi:

— chegara nazorati bo‘linmasi rahbarining ruxsatisiz foto va video suratga olish;

— davlat nazorati organlarining nazorat tartib-taomillarini tashkil etishiga xalaqit bersa, mobil va boshqa aloqa vositalardan foydalanish;

— davlat nazorati organlari xodimlarini nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibni buzishga majbur qiladigan harakatlarni sodir etish, shu jumladan ularga biron-bir moddiy qimmatliklar taklif etish;

— o‘tkazish punkti hududiga yoki uning xizmat xonalariga belgilangan tartibni buzgan holda kirish;

— o‘tkazish punkti hududiga tegishli ruxsatlarsiz qurol-yarog‘, portlovchi moddalar va atrofdagilar hayoti yoki salomatligiga xavf tug‘diradigan boshqa predmetlar (moddalar) olib kirish (olib o‘tish).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring