Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Geometrik progressiya»: davlat idoralari qonun buzish bo‘yicha o‘z rekordlarini yangilamoqda

«Geometrik progressiya»: davlat idoralari qonun buzish bo‘yicha o‘z rekordlarini yangilamoqda

Foto: «BaltNews.ee»

Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan qonun buzilishlari soni oydan-oyga ko‘payib boryapti. Bu haqda «Xabar.uz»ga Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Agentlik va uning hududiy boshqarmalari 2018-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sohasida jami 30 681 ta qonun buzilishi holatlarini aniqlashdi. Bulardan 19 447 tasi muddat buzilishi, 2 768 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatish, 2 611 tasi ortiqcha hujjat talab qilish va boshqa turdagi qonun buzilishlaridan iborat.

Qonunbuzarliklar yuzasidan vakolatli idoralarga 722 ta taqdimnoma, 729 ta ogohnoma kiritilib, 636 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Jazolash: 56 nafar mansabdor shaxs lavozimidan bo‘shatilgan, 657 nafari intizomiy, 622 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Yuqoridagilar 2018-yilning o‘tgan 9 oyi bo‘yicha o‘rganishlar hisoboti.

Endi e’tiboringizni 2018 yilning dastlabki 6 oyi (yanvar—iyun) bo‘yicha raqamlarga qaratamiz:

Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalari jami 9 829 ta qonunbuzilishini aniqlashgan va 4 mingga yaqin ta’sir choralari ko‘rilgan.

Jazolash: 30 nafar shaxs egallab turgan lavozimidan bo‘shatilib, 183 nafari intizomiy, 155 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda biz uch oycha ilgari yozgandik. 

To‘qqiz oy davomida xizmatlar turlari ko‘paydi. Tabiiyki, xizmatlar ko‘rsatuvchi idora va tashkilotlardan ham katta masuliyat talab etilardi.

«Olti oylik» va «to‘qqiz oylik»ni solishtirish — oddiy arifmetika, eng tashvishli, xavotirli jihati, davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonun buzilishlari «geometrik progressiya»ga aylanib borayotganidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring